
"Manchester Siti" Maxrezni qanchaga sotmoqchi?
"Manchester Siti" klubi yozgi transferlar davrida jazoirlik yarim himoyachisi Riyod Maxrezni sotib yuborishi mumkin. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra “shaharliklar” 29 yoshli futbolchini 90 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Unga esa PSJdan qiziqish bor.
“Manchester Siti” evrokuboklardan diskvalifikatsiya qilingani bois Maxrezning o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Riyod Maxrez joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar