
“Manchester Siti” muxlislari uchun noxush xabar
Pep Gvardiola “Manchester Siti” muxlislariga noxush xabarni aytdi. Ispaniyalik murabbiy “shaharliklar”ning asosiy yulduzi Erling Holand sog‘lig‘ida muammolar borligi aytdi. Shu sababli, norvegiyalik hujumchi o‘rtoqlik uchrashuvlarida kam o‘ynamoqda.
“ Erling o‘zini noqulay his qilmoqda. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz. Lekin, baribir u mashg‘ulotlar va o‘yinlarda yangi darajaga chiqishi kerak. Mavsum boshlanyapti, biroq Holand bilan tavakkal qiladigan bo‘lsak uni 3-4 oyga yo‘qotishimiz mumkin”,- dedi Xosep Gvardiola.
“Manchester Siti” 2024/25 mavsumning birinchi rasmiy o‘yinini Angliya Superkubogida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi. Derbi 10 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar