
"Manchester Siti" muxlislari uchun xushxabar!
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grilish APLning navbatdagi turiga qadar safga qaytadi. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning aytishicha, Grilish "Arsenal" bilan uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
Jek o‘tgan oy o‘rtalaridan buyon shifoxonada davolanmoqda edi. 28 yoshli futbolchi allaqachon mashg‘ulotlarni boshlagan. "Manchester Siti" va "Arsenal" o‘rtasidagi uchrashuv 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Angliya chempionatining 28-turidan so‘ng Gvardiola shogirdlari 63 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda, “kanonirlar” (64) esa birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar