
"Manchester Siti" o‘z maydonida "Sautgempton" darvozasiga 5 ta gol urdi. Maxrez va De Bryuynedan dubl (video)
Angliya premer-ligasining 33-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Sautgempton”ni qabul qildi.
“Etixad”dagi o‘yin 5:2 hisobida “shaharliklar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Siti” safida Kevin De Bryuyne (15', 59'), Riyad Maxrez (40', 55') va Ilkay Gyundogan (45') gol muallifi bo‘ldi. “Sautgempton”ning gollariga esa Jeyms Uord-Prouz (25') va Che Adams (56') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar