“Manchester Siti” oʻz tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi

  • 09.03.2026 15:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha o‘zi tarbiyalanuvchi "Manchester Siti"ga qaytishi mumkin.

Football Insider xabariga ko‘ra, "shaharliklar" Nmechani "Nottingem" havbeki Elliot Andersonga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. 25 yoshli germaniyalik futbolchi "asalarilar" safidagi o‘yini bilan manchesterliklar rahbariyatini hayratda qoldirdi.

Feliks Nmecha 2023 yilda "Volfsburg"dan 30 million yevro evaziga "Borussiya Dortmund"ga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "asalarilar" safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Nmechaning narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!