“Manchester Siti” o‘z yulduzini sotib yubordi

  • 01.09.2025 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola talabi bilan tarkibni qisqartirishga harakat qilayotgan “Manchester Siti” rahbariyati darvozabon Edersonni Turkiyaga jo‘natadigan bo‘ldi.

Braziliyalik darvozabon o‘zini anchadan beri so‘rab kelayotgan “Galasaroy”ga emas, balki bu jamoaning ashaddiy raqibi – “Fenerbahche”ga o‘tadigan bo‘ldi.

“Fenerbahche” mutasaddilari muzokaralarni qisqa fursatda yakunladi. Turklar 32 yoshli golkiper uchun 13 million evro badal puli to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari, 2 million evro bonus ko‘rinishida “shaharliklar” hisob-raqamiga o‘tkaziladi.

Bu taklif manchesterliklarni ham to‘la qoniqtirdi. Transfer haqida taniqli jurnalist Oratsio Akkomando xabar berdi.

Edersonning o‘zi “Fenerbahche” bilan uch yillik shartnoma tuzadi va har mavsum uchun 8 million evrodan maosh oladigan bo‘lyapti.

“Manchester Siti” rahbariyati Ederson ketganidan keyin PSJdan italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummani olib kelish ishlarini yakunlashga e’tibor qaratishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!