“Manchester Siti” qimmatga yangi sardor oladi
“Manchester Siti” yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini “Sporting” tayanch yarim himoyachisi va sardori Morten Yulmann yordamida kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida Portugaliyaning A Bola nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozircha tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yo‘q, ammo “shaharliklar” Portugaliya klubi tomonidan qo‘yilgan ayrim shartlardan xabardor.
Xususan, futbolchisining shartnomada 80 million yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, “Sporting” 40–50 million yevro uchun muzokara olib borishga tayyor.
Joriy mavsumda Yulmann barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, lissabonliklar jamoasiga 2023 yilning yozida qo‘shilgan daniyalik futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar