“Manchester Siti” rahbariyati yakuniy qarorni Gvardiolaning oʻziga qoldirdi

  • 03.04.2026 16:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

&quotManchester Siti&quot rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga kelajagini o‘zi hal qilish imkonini beradi. Bu haqida nufuzli insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Gvardiolaning o‘rniga hamon Londonning &quotChelsi&quot klubi sobiq ustozi Enzo Mareska asosiy nomzod bo‘lib turibdi. &quotManchester Siti&quotda &quotBavariya&quot ustozi Vensan Kompani taklif etilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, Mareskaga yuqori baho berilmoqda. Shunga qaramay, klub rahbariyati qachon ketishni Gvardiolaning o‘ziga qoldirmoqda.

Gvardiola &quotManchester Siti&quotni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. &quotShaharliklar&quot Premyer-liga joriy mavsumida 30 ta o‘yindan so‘ng jadvalda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub hisobida 61 ochko bo‘lib, peshqadam &quotArsenal&quotdan 9 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!