“Manchester Siti” “Real” yetakchisini sotib olishni ko‘zlamoqda

  • 20.01.2026 03:25
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" "Real" hujumchisi Vinisius Juniornı oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. 

"Topskills Sports UK" nashri xabar berishicha, "shaharliklar" braziliyalik forvardning transferini joriy transfer oynasidayoq hal qilishga urinmoqda. Bundan tashqari,  hujumchining xizmatlariga "Bavariya", "Chelsi" va "An-Nasr" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Vinisiusning oʻzi ham "Real"ni tark etishni xohlayapti. 

25 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 150 million yevroni tashkil etadi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha moʻljallangan.

Maʼlumot uchun, forvard joriy mavsum "qirollik klubi" safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!