“Manchester Siti” “Real”ning yosh yulduzini olmoqchi

  • 24 oktabr, 2024, 20:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” yarim himoyachisi Arda Guler “Manchester Siti”ning qiziqishlar doirasiga kirdi. Bu haqida TodoFichajes xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, “shaharliklar” Kevin de Bruyne klubdan ketish ehtimoli yuqori bo‘lganligi uchun uning o‘rniga nomzodlar qidirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Manchester Siti” 19 yoshli turkiyalik futbolchidan tashqari, “Vilyarreal” yarim himoyachisi Aleks Baena va “Las-Palmas” o‘yinchisi Alberto Moleyrolarni ham kutatib bormoqda.

Joriy mavsum Guler “qirollik klubi” uchun 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, hech qanday gol yoki assist amalga oshirmadi. Uning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!