"Manchester Siti" Shomurodov bilan o'ynagan futbolchiga qiziqyapti
«Manchester Siti» jamoasi tarkibini yangilash doirasida «Roma» klubi yarim himoyachisi Manu Kone nomzodini transfer rejasiga kiritdi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.
25 yoshli fransuz futbolchisi Rodri va Tidjani Reynders jamoani tark etganidan so‘ng, yarim himoyani mustahkamlash uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Kone so‘nggi ikki mavsumdan buyon «Roma» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Seriya A doirasida 63 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan. Shuningdek, 25 yoshli yarim himoyachining Frantsiya terma jamoasi safida 19 ta o‘yini bor. Kone maydondagi harakatchanligi va to‘psiz o‘yindagi samarali harakatlari bilan tanilgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Roma» Kone uchun taxminan 59 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Avvalroq futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari ham qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.

Fikrlar