"Manchester Siti" top transferga qo‘l urdi

  • 01.09.2025 14:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Manchester Siti" klubi PSJdan Janluiji Donnarummani o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Transfer summasi 30 million evro atrofida bo‘ladi va kiper "shaharliklar" bilan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekadi. Donnarumma bugun "Siti" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilyapti. 

Qayd etish lozim, Ederson "Fenerbahche" futbolchisiga aylanish arafasida. Klub uning o‘rnini aynan Donnarumma bilan to‘ldiryapti 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!