"Manchester Siti" va "Napoli" Kulibali masalasida hamon kelisholmayapti

  • 04.09.2020 12:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” himoyachi Kalidu Kulibalining transferi bo‘yicha “Napoli” bilan  hali ham kelisholmayapti.

Italiyalik jurnalist Fabrizio Romanoning xabar berishicha, 29 yoshli senegallik futbolchining agenti "shaharliklar"ga mijozi uchun taklif qilinayotgan summani oshirish kerakligini aytgan.

Bundan avvalroq, neapolliklar prezidenti Kulibali 70 mln evrodan kamiga sotilmasligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!