"Manchester Siti" va "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi "Dinamo"ga o‘tishi mumkin

  • 1 aprel, 2021, 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vedran Chorluka yozda jamoasini o‘zgartiradi.

Tecno

Kuni kecha 35 yoshli xorvatiyalik futbolchi o‘zining instagramdagi sahifasi orqali “temiryo‘lchilar” safini tark etishini e’lon qildi.

“Chempionat” nashrining ma’lum qilishicha, Chorlukani Moskvaning boshqa bir klubi – “Dinamo” ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Ular Vedranni Rossiya poytaxtida olib qolishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Chorluka “Lokomotiv” safiga 2012 yil “Tottenxem”dan ko‘chib o‘tgan. U faoliyati davomida “Bayer” va “Manchester Siti” kabi grand klublarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!