"Manchester Siti" yana bir futbolchi bilan yangi shartnoma imzoladi

Braziliya terma jamoasi a’zosi Ederson "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

"Shaharliklar"  yoshli posbon bilan 2026 yilgacha kelishuvni uzaytirdi. Bitimning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmadi. 

Ederson joriy mavsum 3ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol o‘tkazib yubordi. Ikkita o‘yinda Moraes darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Darvozabon 2017 yil "Benfika"dan "Manchester Siti" safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!