"Manchester Siti" yana bir transferni hal qildi

  • 30 avgust, 2023, 18:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" portugaliyalik yarim himoyachi Mateus Nunesni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. "Shaharliklar" va "Vulverxempton" og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda. 

Tecno

Nunesning transferi manchesterliklarga 60 million evroga tushdi. Futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘lga otlanadi. 

Ma’lumot uchun, 25 yoshli yarim himoyachini "bo‘rilar" o‘tgan yili "Sporting"dan 45 million evro evaziga sotib olgan. Yakuniga etgan mavsum Mateus 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!