"Manchester Siti" yangi futbolchi uchun rasmiy taklif yubordi!

  • 30.05.2025 14:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi yarim himoyachisi Teyani Reynders faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bir necha soat oldin "Manchester Siti" niderlandiyalik futbolchi uchun ilk rasmiy taklifni yo‘llagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "shaxarliklar" transfer uchun bonuslarni hisobga olgan holda, taxminan 60 million evro taklif etgan. Biroq "Milan" bu summadan ko‘proq talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Reynders joriy mavsum 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!