“Manchester Siti” yangi transferni e’lon qildi

  • 01.09.2026 11:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik hujumchi Allan “Palmeyras”dan “Manchester Siti”ga o‘tdi. Bu haqida Angliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashdi.

Ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik futbolchi transferi 40 million yevroni tashkil etgan.

Allan 2025 yil yanvaridan buyon “Palmeyras”ning asosiy jamoasi safida o‘ynab kelgan.

Shu davrda u barcha musobaqalarda 95 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etgan.

Futbolchining klub bilan avvalgi shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo‘ljallangan edi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Allanning bozorgi qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!