“Manchester Siti” yosh yulduzni qo‘lga kiritishiga shubha qilmayapti

"Manchester Siti" "Lids" yarim himoyachisi Kalvin Fillipsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar beradi “The Athletic” nashri.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" tez orada 26 yoshli angliyalik xavbek uchun rasmiy taklif bilan chiqmoqchi. Manchester klubi “Lids” o‘z vakilini 45-50 million funt sterling atrofidagi summaga sotishiga ishonchi komil.

Qayd etilishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Fernandino jamoadan ketganidan so‘ng Rodri bilan raqobatlasha oladigan futbolchini jamoaga olib kelmoqchi.

O‘tgan mavsumda Fillips “Lids” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!