
"Manchester Siti" yoz avvalida Husanovni Frantsiya klubiga ijara asosida qo‘yib yubormagan ekan
"L’Équipe" nashrining yozishicha, Rayan Sherkining 42,5 million evroga "Manchester Siti"ga transferi kelishilgan paytda, "Lion" angliyaliklardan bir futbolchini bepul ijaraga olish shartini ham muhokama qilgan.
Frantsuzlar dastlab Oskar Bobb va Abduqodir Husanovga qiziqish bildirishgan, ammo "Siti" bu yozda ularni berishni xohlamadi. Shundan so‘ng Liga 1 klubi hujumkor futbolchilar Jeyms Makati va Klaudio Echeverri variantlarini ko‘rib chiqqan. Manchesterliklar bu futbolchilarni ham jamoada saqlab qolishni afzal ko‘rib, yana rad javobini bergan.
Endi klubning ehtimoliy tanlovi 19 yoshli markaziy himoyachi Juma Ba bo‘ladi. U o‘tgan mavsumni "Lans"da ijarada o‘tkazib, Liga 1da 10ta o‘yinda maydonga tushgan.
Hamyurtimiz va milliy terma jamoamiz a’zosi Abduqodir Husanov esa "shaharliklar" safiga qishda kelib qo‘shilgandan buyon 9 ta uchrashuvda ishtirok etishga ulgurib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar