"Manchester Siti" yozda "Bayer" yarim himoyachilaridan birini jamoaga olib keladi

  • 11 aprel, 16:15
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" yarim himoyachisi Esekiel Palasios faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "El Intransigente" nashri xaabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "shaharliklar" 26 yoshli argentinalik futbolchini yozdagi transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritgan. Ta’kidlanishicha, "Manchester Siti" uchun kelishuv oson kechmaydi, sababi "Bayer" yarim himoyachini yaxshi taklif bo‘lsagina qo‘yib yuborishga rozi.

Avvalroq, Manchester klubi "Bayer"ning yana bir yosh va iqtidorli yarim himoyachisi Florian Virtsga ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Palasios barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!