"Manchester Siti" yulduzi jamoa bilan xayrlashdi

  • 13 iyul, 2022, 18:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling faoliyatini boshqa klubda davom ettiradigan bo‘ldi.

Angiyalik futbolchi o‘zining "Tvitter"dagi sahifasi orqali jamoadan ketayotganini ma’lum qildi. Katta ehtimol bilan, u "Chelsi"ga ko‘chib o‘tadi.

"7 mavsum. 11 ta katta sovrin. Bir umrlik xotiralar.

Yillar davomida o‘sishimda katta rol o‘ynagan murabbiylar shtabiga, men bilan bir oilaga aylangan jamoadoshlarimga, kiyinish xonasidagilar va tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga hurmat bajo keltiraman.

Ajoyib sayohat bo‘ldi.

Bu erdagi yaxshi va kunlarimdan minnatdorman. Ayrim kamchiliklarim bor edi. Ba’zida kuch va qat’iyatimni sinab ko‘rdim va bu sizning oldingizda eng yaxshi versiyamni namoyish etish imkonini berdi.

Manchesterga 20 yoshli yigitcha bo‘lib keldim. Bugun esa shaharni haqiqiy erkak sifatida tark etyapman.

Qo‘llab-quvvatlab turganingiz uchun rahmat. "Manchester Siti" libosini kiyish sharaf edi!"

photo_2022-07-13_16-03-42

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!