
“Manchester Siti” yulduziga Madrid grandi xaridor
“Manchester Siti” yozgi tranferlar davrida bir guruh tajribali o‘yinchilari bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
“Shaharliklar” tarkibni yoshartishi va o‘zgartirish siyosatini boshladi. Bu jarayonda shu paytga qadar klubda o‘zini ko‘rsatib kelgan, lekin yoshi o‘tib qolayotgan o‘yinchilardan voz kechiladi.
Ketadiganlar ro‘yxatida Mateo Kovachich ham bor. Bu futbolchiga Madridning “Atletiko” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Espertlarning ta’kidlashicha, bu transfer Diego Simeone jamoasiga 30 million evroga tushadi. Manchesterga 2023 yilning yozida kelgan 30 yoshli o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan bo‘lsa-da, “shaharliklar” Kovachichni olib qolmaydi.
Xosep Gvardiola xorvatiyalik yarim himoyachi o‘rniga “Atalanta” vakili Edersonni olib kelishni maqsad qilgan.
Kovachich faoliyati davomida “Inter”, “Real” va “Chelsi” kabi jiddiy klublar sharafini ham himoya qilgan.
Fikrlar