“Manchester Siti” zo‘r hujumchi bo‘yicha muzokaralarga qaytdi

  • 01.09.2026 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” mutasaddilari “Everton” hujumchisi Iliman Ndiayening transferi bo‘yicha ishlarni qayta boshladi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Avvalroq “irislar” mohir hujumchi transferi bo‘yicha “Tottenxem Hotspur” bilan kelishuv ustida ishlayotgani xabar qilingan edi. Unga ko‘ra, Ndiaye “shporlar” safiga, Risharlison esa “Everton” tarkibiga o‘tishi kerak edi.

Biroq muzokaralarning muvaffaqiyati Risharlisonga bog‘liq bo‘lib turibdi. Braziliyalik futbolchi ehtimoliy transfer bo‘yicha hali qaror qabul qilmagan.

Shuningdek, “Manchester Siti” Ndiaye bo‘yicha kelishuvga mersisaydliklar olishni orzu qilayotgan Jek Grilishni qo‘shishga tayyor ekani aytilmoqda. Grilish o‘tgan mavsumda “Everton”da ijara asosida o‘ynagan va klub uni doimiy tarzda sotib olishni istagan.

O‘tgan mavsumda Ndiaye barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Ndiayening bozorgi qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!