
“Manchester Siti”ni tark etadigan besh yulduz nomi oshkor bo‘ldi
Chuqur inqirozni boshdan kechirayotgan “Manchester Siti” rahbariyati kelasi mavsum oldidan jamoada katta o‘zgarishlar qilish va boshlang‘ich tarkibning teng yarmidan voz kechishga qaror qilgandi.
Britaniyadagi manbalar “shaharliklar” qaysi o‘yinchilar bilan xayrlashmoqchi ekaniga oydinlik kiritdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, yozgi transferlar oynasi davrida Manchesterni Kayl Uoker, Kevin de Bryoyne, Bernardu Silva, Ederson Moraes va Mateo Kovachich kabi taniqli futbolchilar tark etadi.
Besh nafar futbolchiga hozirning o‘zida Saudiya Arabistoni klublaridan jiddiy takliflar bor. Biroq Kevin de Bryuyne faoliyatini arab o‘lkalarida emas, balki AQSh chempionatida davom ettirmoqchi.
Fikrlar