Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Manchester Siti”ni yana bir yulduz tark etadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Gvardiola yulduzlarni qo‘yib yuboryapti

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida tarkibda jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Garchi “top-5”da transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, bu mamlakatlar klublari boshqa ligalarga chiqish transferlarini rasmiylashtirishi mumkin.

Bu yoz Xosep Gvardiola jamoasini Kevin de Bryuyne, Skott Karson, Vitor Reys, Maks Alleyn, Jek Grilish, Jeyms Makeyti, Klaudio Echeverri, Manuel Akanji va Ederson tark etdi.

So‘nggi  ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” tarkibini tark etadigan yana boshqa o‘yinchilar ham bor. Xususan, Ilkay Gyundog‘an Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tish arafasida turibdi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, 34 yoshli pleymeykerga “Galatasaroy” da’vogarlik qilyapti. “Manchester Siti” kelib tushgan taklifni ma’qulladi. Ayni paytda germaniyalik futbolchining o‘zi bu variantni tahlil qilib, ko‘rib chiqyapti.

Gyundog‘an bu mavsum hali maydonga tushgani yo‘q. Mashhur futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Turkiyaga ketishi mumkin. Superligada yozgi transferlar oynasi 12 sentyabrga qadar davom etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q