"Manchester Siti"ning golida hakamlar xato qildi

  • 10 may, 2023, 06:19
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

EChL yarim final "Real" - "Manchester Siti" uchrashuvida kuchlar teng keldi. Dastlab Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, De Bryune imkoniyatlarni tenglashtirdi. Qiziqarlisi, mazkur gol hisobga olinmasligi haqda o‘yindan keyin Karlo Anchelotti gapirib o‘tdi.

Tecno

Gol urilishidan biroz avval Bernardu chiqib ketayotgan to‘pni to‘xtatdi. O‘sha paytda to‘p chiziqni kesib o‘tgan. Hakamlar esa buni sezmadi. Hujum davom ettirildi va Du Bryunening ajoyib zarbasini Kurtua qaytara olmadi. 

Image

Referilar o‘yin shiddatidan xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Ammo VARdagilar bu holatni sezmadi. Uchrashuv yakunlanganidan keyin Karvaxal hakam bilan bo‘lgan suhbatni so‘zlab berdi. 

"U bizga VAR tekshirgani va to‘p chiziqni kesib o‘tmaganini aytdi". 

Anchelotti esa quyidagicha gapirdi:

"Mening nazdimda to‘p chiqib ketgan, lekin hakamlarni nazarida unday bo‘lmagan. Buni hamma ko‘rdi, VARdagilardan tashqari". 

Holatga "Manchester Siti" futbolchisi Rodri ham reaktsiya bildirdi. 

"Biz hakamga ishonamiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!