“Manchester Siti”ning uch futbolchisi safga qaytdi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachilari Leroy Sane, David Silva va Fabian Delflar EChL 1/8 finali doirasida Shveytsariyaning “Bazel” klubiga qarshi bahs arafasida mashg‘ulotlarga qaytdi.

Har uchchala futbolchi ham jarohati bois, jamoasining so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan edi. Manchester Evening News xabariga ko‘ra, ular “shaharliklar”ning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etishgan.

Shu tariqa, “Manchester Siti”da jarohatini davolatayotganlar soni ikkita bo‘lib qoldi. Bular Benjamin Mendi hamda Gabriel Jezuslardir.

Ma’lumot uchun, “Bazel” – “Manchester Siti” o‘yini 13 fevral oqshomida Toshkent vaqti bilan soat 00.45 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!