"Manchester Siti"ning yaponiyalik futbolchisi Germaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
"Manchester Siti"ga tegishli bo‘lgan yaponiyalik himoyachi Ko Itakura faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.
Sky Sports Deutschland xabariga ko‘ra, 25 yoshli osiyolik futbolchini Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, “Siti” Itakuraning transferidan taxminan besh million evro ishlab olishi mumkin.
Ko Itakura o‘tgan mavsumni “Shalke” klubi safida ijarada o‘tkazgan. Markaziy himoyachi ikkinchi Bundesliganing 32 uchrashuvida qatnashib, 4 ta gol urishga erishdi.
Itakuraning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Fikrlar