"Manchester Yunayted" Amorimdan qarzdor bo'lib qolgan
"Manchester Yunayted" ishdan bo'shatilgan Ruben Amorimdan 14 million yevro qarz.
Ma'lum bo'lishicha, "qizil iblislar" klubi sobiq bosh murabbiy Ruben Amorimga 14 million yevro to'lab berishi kerak. Manbaga ko'ra, Amorim "Manchester Yunayted" rahbariyati bilan kelishmovchilik sabab iste'foga chiqmoqchi bo'lgan. Biroq uning agenti Raul Koshta mutaxassisning bunday qilmasligiga va jamoaning o'zi uni ishdan bo'satguncha kutishga ko'ndirgan. Bu qaror Amorim uchun 12 million funt, ya'ni 14 million yevro tovon puli keltirgan.
Eslatib o'tamiz, Amorim ketganidan so'ng manchesterliklarni Maykl Kerrik boshqarib bormoqda.
Fikrlar