
"Manchester Yunayted" Angliya kubogida super g‘alabani tantana qildi (video)
Bugun Angliya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Tranmir Rovers" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
"Prenton Park" stadionida kechgan uchrashuvda "qizil iblislar" 6:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Xari Maguayr, Diogo Dalot, Jessi Lingard, Fil Jons, Antoni Marsyal va Meyson Grinvudlar kiritdi.
Shu tariqa, Ule-Gunnar Sulsher shogirdlari ham 1/8 final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar