"Manchester Yunayted" "Atletiko" futbolchisini qishdayoq sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Pablo Barriosga qiziqish bildirmoqda. Manbalarga ko‘ra, "qizil iblislar" qishki transfer oynasida jamoaning markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan.
Futbolchining transferida klub bosh murabbiyi Ruben Amorim shaxsan manfaatdor. Portugaliyalik mutaxassis Barriosning iqtidorini yuqori baholaydi va uni jamoaning uzoq muddatli rejalari uchun muhim figura deb hisoblaydi.
Pablo Barrios "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u madridliklar safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar