"Manchester Yunayted" autsayder klub futbolchisini oʻz yulduziga oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda

  • 20.01.2026 14:48
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" "Vulvurxempton" yarim himoyachisi Joao Gomesni sotib olmoqchi.

"Caught Offside" nashri bergan xabarga ko‘ra, "qizil iblislar" "bo‘rilar" xavbegi Joao Gomesni tarkibga qo‘shib olishni istamoqda. Biroq futbolchini sotib olish manchesterliklarga oson bo‘lmaydi. Sababi braziliyalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted"dan tashqari, "Atletiko Madrid" va " Napoli" klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mankunyanliklar Gomesni Kazemiroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Futbolchining "Vulves" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali 24 yoshli futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda umumiy 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta sariq kartochka bilan jazolangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!