"Manchester Yunayted" "Barsa" qiziqayotgan yulduzga ko‘z tikdi

"Lids" hujumchisi Rafinya faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Rafinyaning "qizil iblislar" bilan amaldagi bitimi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 45 million evroga baholanmoqda. Avvalroq, futbolchi "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

25 yoshli braziliyalik forvard yakunlangan mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 3 ta assisni ham o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!