“Manchester Yunayted” bir urinishda “Chelsi”ning taklifini sindirdi

  • 11 noyabr, 2021, 17:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va “Chelsi” Ispaniya chempionatida porlayotgan frantsiyalik himoyachi Jyul Kundeni olish uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.

Tecno

Aslida “Sevilya” etakchi himoyachisini sotishni istamayapti. Ayni paytda andalusiyaliklar La Ligada uchinchi o‘rinda bormoqda va peshqadamdan atigi bir ochko orqada. Ularning muvaffaqiyatida Kundening hissasi katta. Bu futbolchi boshchiligida himoya chizig‘i ishonchli o‘ynamoqda va “Sevilya” 12 ta uchrashuvda atigi ettita gol o‘tkazib yubordi. Bu chempionatdagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

“Chelsi” Kundeni olish uchun o‘tgan yozdan beri “Sevilya”ga 42,5 million funt taklif qilib kelmoqda. Biroq, “Manchester Yunayted” bir urinishda “aristokratlar”ni kurashdan chiqarib yubormoqchi. Manchesterliklar Kunde transferi uchun 69 million funt berishga tayyor.

O‘z navbatida, “Sevilya” frantsiyalik himoyachiga suyanib qolgan bo‘lsa-da, manchesterliklar va’da qilayotgan summadan voz kecha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!