"Manchester Yunayted" etakchisi "Atletiko"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 13 mart, 2022, 17:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Evropa Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "The Atletic" nashri yozmoqda.

Tecno

Brunoda sog‘ligi bilan muammolar bor. Futbolchi bor kuchi bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etolmayapti. Klub Fernandesh tezroq safga qaytishi uchun hamma narsa qilmoqda. Hozircha qachon safga qaytishi ma’lum emas. U APL doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi bahsda ham jamoasiga yordam bera olmadi.

Fernandesh joriy mavsum 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urgan va 14 ta golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!