"Manchester Yunayted" "Everton" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Everton" yarim himoyachisi Kirnan Dyusberi-Xoll faoliyatini Angliya Premier-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Teamtalk" nashri xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" va Birmingemning "Aston Villa" klublari Kirnan uchun kurashmoqda. "Everton" yarim himoyachi uchun 50 million yevro atrofida taklif qilsa, u bilan xayrlashishga tayyor.
Ma'lumot uchun, Dyusberi-Xoll bu mavsumda APLda 23 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatma berdi.
Fikrlar