"Manchester Yunayted" Fernandesga qiziqmoqda

  • 05.05.2026 10:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vest Xem"ning 21 yoshli markaziy yarim himoyachisi Mateush Fernandes "Manchester Yunayted" qiziqish doirasiga tushgan.

Ma'lum qilinishicha, portugaliyalik futbolchi jamoa APLdan tushib ketgan taqdirda klubni tark etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, londonliklar uni tarkibda saqlab qolishni istamoqda.

"The Telegraph" xabariga ko‘ra, mankunianlar joriy mavsum davomida yarim himoyachining o‘yinini diqqat bilan kuzatib borgan. Ayniqsa, so‘nggi haftalarda Fernandesga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaygan.

Ushbu mavsumda futbolchi APLda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2025 yilda "Sautgempton"dan "Vest Xem"ga 44 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!