“Manchester Yunayted” futbolchilari Rangnikdan norozi bo‘lmoqda

  • 1 yanvar, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted”ning ichki muhitida murakkab vaziyat yuzaga keldi. Jamoada bosh murabbiy Ralf Rangnikdan norozi o‘yinchilar soni ko‘payib bormoqda.

Klub rahbariyati Ule-Gunnar Sulsherni bo‘shatib, o‘rniga tajribali nemis mutaxassisini olib kelganida ichki muhit o‘nglanishidan umid qilgandi. Amalda bunday bo‘lib chiqmadi.

Daily Mail nashri jamoa yulduzlarining aksariyati yangi bosh murabbiydan nega norozi bo‘layotganini aniqladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, jamoa futbolchilarining kayfiyatiya yaxshi emas. Jamoada ichki bosim kuchli. Klub qarorgohida ovqatlanish joyi to‘rt kishilik qilib bo‘lib chiqildi.

Rangnik mashg‘ulot vaqtini kechga surgani ham o‘yinchilarga yoqmadi. Ular mashg‘ulotdan so‘ng qorong‘ida uyga qaytmoqda.

Rangnik Sulsher davrida ham jamoadan ketishni istagan Antoni Marsyal, Din Xenderson, Erik Bayi, Jessi Lingard va Donni van de Bek ko‘ngliga yo‘l topa olmadi va ular o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!