
“Manchester Yunayted” futbolchilari Ronalduning raqamini talasha boshladi
Krishtianu Ronaldu qishda “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkinligi sababli jamoa o‘yinchilari 37 yoshli futbolchining raqamini talasha boshladi.
Jamoada nufuzli hisoblangan 7-raqam uchun ikki kishi da’vogarlik qilmoqda.
Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, o‘tgan yili yozda jamoaga olib kelingan Jeydon Sancho va manchesterliklarning so‘nggi transferi – Antoni Ronaldudan keyin ettinchi raqamda o‘ynamoqchi.
Portugaliyalik to‘purarning manchesterliklar bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. Shunga qaramay, Ronaldu yanvar oyida boshqa klubga o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar