
"Manchester Yunayted" futbolchisi PSJga qarshi "bitta ko‘z" bilan o‘ynadi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominey UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi PSJga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsning birinchi taymida bitta kontakt linza bilan harakat qilgan. Bu haqida jamoa ustozi Ule-Gunnar Sulsher ta’kidlab o‘tdi.
"Skotti birinchi taymni bitta ko‘z bilan o‘tkazdi. U taym boshida kontakt linzasini yo‘qotib qo‘ydi. Uning harakatlari menga ma’qul bo‘ldi", - deydi murabbiy.
Ma’lum bo‘lishicha, shotlandiyalik futbolchi Neymar bilan kurashda linzasini tushirib qo‘ygan va birinchi taym yakunigacha bir ko‘zida kontakt linza bilan harakat qilgan.
Fikrlar