“Manchester Yunayted” futbolchisiga to‘rtta klub xaridor

  • 06.07.2020 12:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” himoyachisi Erik Bayi yozda boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Manchesterga katta umidlar bilan olib kelingan himoyachining keyingi paytda ishlari yurishmay qoldi. Bayi unga ajratilayotgan o‘yin vaqtidan qoniqmayapti va jamoadan ketishni istamoqda.

Ayni paytda mohir o‘yinchiga “Roma”, “Milan”, “Napoli” va “Valensiya”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Manchesterliklar yana ikki yillik bitimi bor Bayini 14 million funt evaziga qo‘yib yuborishini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!