“Manchester Yunayted” futbolchisini jo‘natib yubordi

  • 23 avgust, 2021, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” himoyachisi Brendon Uilyams faoliyatini “Norvich”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Ule-Gunnar Sulsher asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchini bir yilga ijaraga jo‘natib yubordi. “Norvich” ijara uchun to‘rt million funt to‘laydigan bo‘ldi.

Manchesterliklar “Norvich”ga ke ijara muddati tugaganidan keyin 20 yoshli himoyachini sotib olish huquqini bermadi. Demak, Uilyams mavsum yakunlanishi bilan Manchesterga qaytib boradi va asosiy tarkib uchun kurashish imkoniga ega bo‘ladi.

Brendon Uilyams o‘tgan mavsumda Angliya premer-ligasida atigi to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, o‘zini ko‘rsata olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!