“Manchester Yunayted” g‘aroyib murabbiy topdi

  • 13 may, 2024, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoani muvaffaqiyatlar sari etaklay oladigan mutaxassis topdi.

Tecno

Ilgari klubda oddiy murabbiy bo‘lib ishlagan Kiran Makkenna bu yil “Ipsvich” jamoasini Premer-ligaga olib chiqdi. Kiran og‘ir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini 22 yoshida tuganishga majbur bo‘lgan.

Bolalar murabbiyi sifatida “Tottenxem”dan ish topgan. U  bolalar murabbiyi sifatida Harri Keyn, Rayan Meyson, Andres Tausend bilan ishlagan.

Keyinchalik Makkenna 32 yoshida “Manchester Bnayted”da Joze Mourino shtabidan joy oldi. Sulsher va Ralf Rangnik bilan ham ishlashga ulgurdi.

2021 yili Makkenna quyi Liga 1 dagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Ipsvich”ga bosh murabbiy sifatida taklif etildi. 35 yoshida bosh murabbiy bo‘lgan Kiran keyingi mavsumda “traktorchilar”ni Chempionship, yana bir yildan keyin Premer-ligaga olib chiqdi.

Kiran Makenna Angliya futboli tarixida jamoasini ketma-ket ikki marta yuqori divizionga olib chiqqan beshinchi murabbiyga aylandi. “Ipsvich” 22 yillik tanaffusdan so‘ng yana Premer-ligada o‘ynaydi.

“Manchester Yunayted” rahbariyati 2025 yilning yozida Makkennani jamoaga olib kelmoqchi. Ungacha, klub hozirgi bosh murabbiy Erik ten Xag xizmatidan foydalanib turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Realmuxlisi
13/05/2024 17:50
Manchester bnayted qoyile shunaqa klub borligini birinchi eshitishim