
"Manchester Yunayted" Grinvud borasida bir qarorga keldi
"Manchester Yunayted" rahbariyati Ispaniyaning "Xetafe" klubida ijara asosida o‘ynayotgan hujumchi Meyson Grinvudning kelajagi borasida bir qarorga keldi. "Marca" nashrining yozishicha, mankunianliklar yozgi transfer oynasida hujumchidan qutilmoqchi.
“Qizil iblislar” 22 yoshli ingliz futbolchisini sotishdan 50 million evro ishlab olmoqchi. Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Grinvud xizmatlariga qiziqmoqda, ammo "ko‘k-anorranglilar" bunday pul to‘lashga tayyor emas.
2023/2024 yilgi mavsumda Meyson barcha turnirlarda 26 ta uchrashuv o‘tkazib, sakkizta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar