"Manchester Yunayted" himoya chizig'ini "Borussiya Dormund" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Valdemar Anton faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" yozgi transferlar oynasida uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Qiziqi shundaki, Valdemar Anton O‘zbekistonida tug‘ilgan. Futbolchining o‘zi va ota-onasi rus tilida so‘zlashadi.
U joriy mavsumda "Borussiya" safida 44 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi.

Fikrlar