“Manchester Yunayted” hujumchisini sotmaydigan bo‘ldi

  • 22 iyul, 2022, 14:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bu yozda hujumchi Antoni Marsiyalni sotmaslikka qaror qildi.

Tecno

“Manchester Evening News” nashri xabariga ko‘ra, klub bosh murabbiyi Erik Ten Xag jamoa Bangkokdagi yig‘inga uchib ketishidan oldin shunday qarorga kelgan.

26 yoshli frantsiyalik futbolchining shartnomasi 2025 yilganing yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali Antonining narxini 16 million evroga baholamoqda.

Marsiyal o‘tgan mavsumning yanvar oyida "Sevilya"ga ijara asosida o‘tdi. U Ispaniya La Ligasi doirasidagi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!