
“Manchester Yunayted” ikki futbolchidan ayrildi
“Manchester Yunayted” bir necha hafta davomida ikki futbolchisi xizmatidan foydalana olmasligini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Kobbi Maynu hamda Xarri Maguayr jarohat tufayli lazaretga olingan va ma’lum muddat davomida davolinishiga to‘g‘ri keladi.
Tajribali himoyachi Maguayr “Aston Villa” bilan o‘yinda shikastlangan edi. Maynu esa, anchadan beri sonning orqa mushaklari og‘riq berayotganidan shikoyat qilgan.
Endi bu futbolchilar Angliya Premer-ligasi va Evropa ligasi doirasidagi o‘yinlarda vaqtincha jamoasiga yordam bera olmaydi.
Fikrlar