
“Manchester Yunayted” Italiyadan bosh murabbiy olib keladigan bo‘lyapti
“Manchester Yunayted”ga barqarorlik etishmayotgani tufayli klub rahbariyati ERik tan Xag o‘rniga boshqa bosh murabbiy olib kelishi aytilmoqda.
Taniqlik jurnalist Alfredo Pedulla manchesterliklar “Bolonya”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Tyago Mottaga jiddiy qiziqish bildirayotganini ta’kidlayapti.
A Seriyaning o‘rtamiyona jamoalaridan bo‘lgan “Bolonya” bu mavsum kuchli to‘rtlikda bormoqda va Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga da’vogarlik qilyapti.
Motta futbolchilik davrda “Barselona”, “Inter” va PSJda ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
2019 yili murabbiylik faoliyatini boshlab, “Jenoa”, “Spetsiya” kabi jamoalarni boshqargan va 2022 yili “Bolonya”ni qabul qilib oldi.
Fikrlar