"Manchester Yunayted" Italiyadan himoyachi olib kelmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi markaziy himoyachisi Pyer Kalulu faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" "Yuventus" himoyachisi Pyer Kaluluning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, futbolchi uchun "Aston Villa" va "Tottenxem" klublari ham kurash olib borishi kutilmoqda. Turinliklar fransiyalik futbolchi transferidan 35-40 million yevro ishlab olishni rejalashtiryapti. Futbolchining "Transfermarkt"dagi narxi 28 million yevro qilib belgilangan.
Ma’lumot uchun, futbolchi "keksa sinora" safida joriy mavsumda 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar